Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama 2 yil uchun byudjyet xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi
AQSh prezidenti Barak Obama keyingi 2 yil uchun byudjyet xarajatlari bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi. Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi 2016 va 2017 yillarda bir qator chekklashni nazarda tutadi, hozirgi byudjyet qonunchiligidagi bir qator moddalar o‘zgartirilgan.
Ma'lumot uchun, 2016 yilgi moliya yili shu yilning 1 oktabrida boshlandi va u 2016 yilning sentabrigacha davom etadi.
Yangi qonun loyihasi davlat qarzi hajmini maksimal darajada oshirishga imkon beradi va bu masala 2017 yilning martigacha ochiq qoldiriladi.