Jahon | 07:24 / 03.11.2015
2385
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh harbiy maslahatchilari Suriyadagi quruqlik amaliyotlarida ishtirok etmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyaga jo‘natilayotgan amerikalik harbiylar u yerdagi janglarda ishtirok etmasligini, ular harbiy maslahatchi sifatida jo‘natilishini ta'kidlab o‘tdi.

U AQSh harbiylari IShIDga qarshi kurashayotgan mahalliy harbiylar uchun Suriyada mashg‘ulotlar o‘tkazish, harbiy maslahatlar berish va boshqa shunga o‘xshash ishlar bilan shug‘ullanishi haqida ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, amerikalik harbiylar Iroqda bo‘lgani kabi yuzma-yuz janglarda qatnashmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish