Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis: 2016 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,8 foizga o‘sadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2016 yilda O‘zbekistonda YaIM – 7,8 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish – 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 6,1 foiz, kapital qo‘yilmalari hajmi 9,6 foizga o‘sishini ko‘zda tutmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,0 foiz o‘sganini xabar qilgan edi. Osiyo taraqqiyot banki esa O‘zbekistonda YaIM o‘sishi bashoratlarini o‘zgartirmagan holda, ushbu ko‘rsatkichni 2015 yilda 7, 2016 yilda 7.2 foiz hajmida qoldirgandi. Jumladan, 2015 yilda yurtimizda sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — 6,6 foiz, iste'mol tovarlari — 10,1 foiz, chakana savdo aylanmasi 15 foiz va xizmatlar — 12,9 foiz o‘sdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mitasining 2015 yil 29 oktabrda bo‘lib o‘tgan majlisida 2016 yilda davlat byudjyeti daromadlari 40,5 trillion so‘mni, xarajatlar – 42,7 trillion so‘m va defitsit – 2,2 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 1 foizni tashkil etilishi ma'lum qilindi.