22:27 / 03.11.2015
22038

O‘z kelinini zo‘rlagan tojikistonlik 18 yilga qamaldi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi o‘z kelini nomusiga tajovvuz qilgan shaxsga nisbatan 18 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda sud hakamiga asoslanib, "AP" nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, 2 noyabr kuni Bobojongafurovsiy tumanida yashovchi 53 yoshli shaxsgi nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sud jarayonlari yakunlangan.

Sud ushbu sudlanuvchini Tojikiston respublikasi jinoiy sudining 138 moddasi, 3 "d" punkti (qurol bilan tahdid qilish va zo‘rlash jinoyatlari) bo‘yicha aybdor deb topgan hamda 18 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llagan.

Sudda ma'lum qilinishicha, ushbu sudlanuvchi dastlab 2013 yilda, 2015 yilda esa ikkinchi marta o‘z kelini, o‘g‘liing rafiqasi va 2 nabirasining onasiga jinsiy tajovvuz amalga oshirgan. Bu vaqtda uning o‘g‘li Rossiya federatsiyasi hududida ishda bo‘lgan.

"Jazo muddati qat'iy tartibdagi koloniyada o‘taladi. Hukm hali kuchga kirmadi", deydi sud hakami.

Top