Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedro Leon: Inesta menga qo‘ng‘iroq qildi va jamoadoshlari nomidan uzr so‘radi
"Xetafe" jamoasi sardori Pedro Leon o‘ziga "Barselona" jamoasi yetakchilaridan biri Andres Inesta tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lgani va ushbu futbolchi o‘z jamoadoshlari Helloun kuni "Xetafe" jamoasi matbuot anjuman o‘tkazayotgan xonaga qo‘rqinchli kiyimlarda bostirib kirgani uchun uzr so‘ragani haqida ma'lum qildi.
"Xetafe" futbolchilari bu harakatni o‘zlariga nisbatan behurmatlik sifatida qabul qilishgandi. Inesta qo‘ng‘iroq qildi va barcha jamoadoshlari nomidan uzr so‘radi. Biz bu uzrni qabul qildik.
Ular bunday qilishni rejalashtirmagan, ular bilmagan holda matbuot anjumani bo‘layotgan zalga kirib qolishgan", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni "Xetafe" bilan o‘yindan keyin kataloniyalik bir qator futbolchilar Hellouin bayramini nishonlash maqsadida qo‘rqinchli niqoblarni taqib olib, matbuot anjumani bo‘layotgan zalga bostirib kirishgandi. O‘sha paytda anjumanda mezbonlar yarim himoyachisi Viktor Fernandes jurnalistlar savollariga javob qaytarayotgandi.
Bu ish uchun "Barselona" jamoasi "Xetafe"dan rasman uzr so‘ragan.