08:00 / 03.11.2015
2510

Qalin tuman tufayli Yevropa bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalar reyslarini bekor qilmoqda

2 noyabr kuni Buyuk Britaniyada bir qator reyslarning to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan qalin tuman ko‘p o‘tmasdan Yevropaning markaziy qismlariga ham ta'sir qilmoqda.

Ushbu hodisa tufayli keyingi soatlar davomida London, Manchester, Belfast, Bryussel, Frankfurt-Mayn, Gamburg, Amsterdam va Parij shaharlarida xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar o‘z reyslariga o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘lishmoqda.

OAV xabariga ko‘ra, Londondagi Xitrou aeroportida 1 kun ichida 122ta aviareys bekor qilingan.

Manchester va Sautgempton shaharlarida esa bunday aviareyslar soni 20dan ortiq bo‘ldi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyada qalin tuman tufayli avtomobil yo‘llarida ham harakatlanish qiyinlashgan.

Top