Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston TIV: Avstraliyadan afg‘onistonlik qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha rasmiy murojaat bo‘lmagan
Avstraliyaning Qirg‘iziston hukumatiga afg‘onistonlik qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha rasmiy murojaati kelib tushmagan. Bu haqda bo‘lmagan 24.kg axborot agentligi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga asoslanib xabar qilgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Avstraliya gazetasida chop etilgan mamlakat hukumati bir yarim ming nafar afg‘onistonlik noqonuniy qochqinlarni Qirg‘izistonga joylashtirishga qaror qilgani haqidagi maqolaga izoh berish vakolatiga ega emasligini ma'lum qilgan.
Avstraliya hukumati shu kabi qaror chiqargan taqdirda, “xalqaro darajada tushunmovchilik paydo bo‘ladi”, - deya ta'kidlagan tashqi siyosat mahkamasi vakili.