Jamiyat | 16:12 / 03.11.2015
3881
1 daqiqa o‘qiladi

Rejadan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qo‘shma qarori bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari o‘qituvchilarining namunali yillik rejasiga o‘zgartishlar kiritildi.
Ilgarigi namunali individual yillik rejada o‘qituvchilarning rejadan tashqari o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik, tashkiliy-pedagogik va ma'naviy-ma'rifiy ishlariga haq to‘lanmasligi ko‘zda tutilgan edi. Endilikda bu chora-tadbir bekor qilindi.
Qaror uning O‘zR qonunchilik to‘plamida 2 noyabrda nashr qilinishi bilan kuchga kirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish