Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabida Suriyadagi operatsiyaning oraliq natijalariga yakun yasaldi
Rossiya harbiy-koinot kuchlarining aviaguruhi Suriyada operatsiya boshlagandan beri terrorchilar infratuzilmasining 2084 ta obektiga zarba bergan. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi rahbari Andrey Kartapolov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks» axborot agentligi.
“Operatsiya boshlangandan beri bizning samolyotlar 1631 ta parvoz amalga oshirib, terrorchilar infratuzilmasining 2084 ta obektiga zarba berdi”, deb aytdi Kartapolov.
Bu zarbalar davomida jangarilarga tegishli 287 ta turli boshqaruv punkti, 57 ta terrorchilarni tayyorlash lageri, 40 ta fugas va raketalar tayyorlash zavod va ustaxonalari, 155 ta o‘q-dori va yonilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Suriyada havo operatsiyasini 30 sentabrdan boshlab o‘tkazib kelmoqda. Rossiya Suriya hukumatiga terrorchilik guruhlariga qarshi kurashida ko‘mak bermoqda. Aviaguruh tarkibiga 50 dan ortiq samolyot va vertolyot, jumladan Su-24M, Su-30SM, Su-25 va Su-34 harbiy samolyotlari kiradi. Rossiyaga harbiy ko‘mak berish iltimosi bilan Suriya prezidenti Bashar Asad murojaat qilgan.