Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Suriya havo hududida o‘zaro harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulot boshladi
Rossiya va AQSh harbiylari Suriya havo hududida samolyotlarning xavfli darajada yaqinlashishi vaziyatida ekipajlar va yerdagi xizmatlarning harakatlari bo‘yicha birgalikdagi mashg‘ulotni o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili general-polkovnik Andrey Kartapolov aytib o‘tdi.
“Rossiya harbiy-koinot kuchlari va xalqaro koalitsiya samolyotlari ekipajlari maxsus belgilangan hududda 3 dengiz milyasi masofasida minimal xavfsiz yaqinlashishni amalga oshirib, avvaldan belgilangan chastotada bir-biri bilan aloqa o‘rnatib, rus va ingliz tillarida o‘z samolyotlari ko‘rsatkichlari haqidagi xabarlar bilan almashishdi”, deb aytdi general.
Kartapolovning aytishicha, shundan keyin rossiyalik va amerikalik harbiylar o‘rtasidagi bevosita aloqa liniyasi bo‘yicha parvozlar taftishi bo‘lib o‘tdi.