09:48 / 03.11.2015
2236

SS United States layneri muxlislari unga 100 ming dollar xayriya qilishdi

Afsonaviy SS United States transatlantik layneriga egalik qilayotgan kompaniyaga oxirgi paytlarda 100 ming dollar xayriya qilindi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Atlantika havo rang tasmasining oxirgi sohibi (1952) o‘z davrida tezlik bo‘yicha rekordsmenga aylangan edi, ammo eskiligi bois reaktiv samolyotlar bilan bellasha olmas va shu bois 1969 yili iste'moldan chiqarilgan edi. Bir necha egalarni almashtirgan layner 1996 yildan buyon Filadelfiya bo‘yicha turibdi.

SS United States Conservancy notijorat tashkiloti bir necha yil muqaddam uni xarid qilib, muzeyga aylantirish harakatlarini boshlab yubordi. Ta'kidlashicha, loyiha oyiga 60 ming dollar xarajatni talab qiladi.

Top