Suriya muxolifati Rossiya havo-kosmik kuchlariga terrorchilarning 24 obekti haqida ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.
Bu haqda Rossiya bosh shtabi vakili, general-polkovnik Andrey Kartapolov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu obektlarga Rossiya tomonidan aviazarbalar berilgan.
“Bugun Rossiya havo kuchlari 12 parvozni amalga oshirib, terrorchilarning 24 obektiga aviazarbalar berdi. Jumladan, Tadmora, Deyr-ez-Zora, Itriya va sharqiy Aleppo tumanlarida KAB-500 aviabombasi yordamida terrorchilarning bir qancha marralari yakson etildi”, — dedi Kartapolov Birinchi kanalning efir vaqtida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Suriya muxolifati kuchlari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.