01:53 / 03.11.2015
4322

Suriya Qurolli kuchlari o‘nlab harbiylarni yo‘qotganini ma'lum qildi

Suriya Qurolli kuchlari mamlakat janubida o‘nlab harbiylarni yo‘qotdilar, deb xabar bermoqda Suriya armiyasi brigada generali Ali Mayhub. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Mayhubning aytishicha, qo‘shinlar hududlarni ozod qilish borasida ancha odimladilar. Harbiylar Basari-ash-Shom, Al-Alaqiya, Sahvot-al-Kamx va Atmon aholi punktlarida ko‘plab jangarilarni, ularning punktlari va texnikasini yo‘q qildilar.

Mayhubning aytishicha, armiya Damashq yaqinidagi Xarast hududida Mercedes va Peugeot konsernlari binolari majmuasini o‘z nazoratlariga olganlar.

Avvalroq Suriya armiyasi Xama viloyatida 45 jangari yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.

Top