Jahon | 23:24 / 03.11.2015
9006
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada jangarilar Bashar Asadning 400dan ko‘proq tarafdorini qafasga solib, ko‘chalar bo‘ylab olib yurdi

“Joish al-Islom” (“Islom armiyasi”) terrorchilik guruhi suriyalik isyonchilari Suriya prezidenti Bashar Asadning yuzlab tarafdorlarini qafaslarga qamab qo‘ydi va shu tariqa Rossiyaning mamlakat hududida aviazarbalar berishni to‘xtatishini talab qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar asirlar solingan qafaslarni yuk mashinalarida Damashqdan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Duma shahri bo‘ylab olib yurganlarini videoga suratga olishgan. Qafaslarga Suriya prezidenti atrofidagi 400dan ko‘proq erkak va ayol alaviylar qamalgan.

Bashar Asad ham alavit, ya'ni islomning shia mazhabi vakili hisoblanadi. Uning dushmanlari, jumladan isyonchilar va ularga ittifoqdosh bo‘lgan Yaqin Sharqdagi davlatlar sunniy mazhabidagi islomga e'tiqod qilishadi. Bu mazhabga dunyodagi ko‘pchilik musulmonlar ham e'tiqod qiladi.

“Islom armiyasi” isyonchi guruhlar koalitsiyasi bo‘lib, 2013 yilda Saudiya Arabistoni ko‘magida shakllantirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish