Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 9,2 mlrd dollarga 2022 yilgi qishki o‘yinlar o‘tkaziladigan shaharlarni bog‘lovchi tezkor magistral quriladi
Xitoy hukumati 2022 yilda Qishki olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan Chjantszyakou (Xebey provinsiyasi, Shimoliy Xitoy) shahar okrugi bilan Pekinni bog‘laydigan tezyurar magistral qurilishi loyihasini tasdiqladi.
Mazkur shaharda Taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasining 3 noyabr kuni e'lon qilgan ma'lumotiga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 58,41 mlrd yuan (taxminan $9,22 mlrd)ni tashkil etadi. 174 kilometr masofani tashkil etadigan temir yo‘l tarmog‘ida 10 stansiya ishga tushirilib, uning qurilishi 4,5 yil vaqtni talab qiladi.
Poyezdlarning harakat tezligi esa soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. Hukumat hisob-kitobiga ko‘ra, yangi tezyurar magistral orqali yiliga 60 million kishi tashiladi.
2015 yilning iyul oyida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Xalqaro olimpia qo‘mitasi sessiyasida Qishki Olimpiada-2022 o‘yinlari Pekin va Chjantszyakou shaharlarida o‘tkazilishi tasdiqlangan edi.