Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Tojikiston va Afg‘onistonda chigirtkalarga qarshi kurashadi
Yaponiya Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonda chigirtkalarga qarshi kurash loyihasiga 5 mln dollar ajratadi. Loyiha uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan yili “Markaziy Osiyo Yaponiya” dialogi doirasidagi TIVlar uchrashuvida Tojikiston tashabbusi bilan imzolangan edi.
Chigirtkalar ushbu mamlakatlardagi qishloq xo‘jaligiga jiddiy ziyon keltiradi. Qadimdan O‘rta Osiyoda chigirtkalar dehqonlarning asosiy dushmanlaridan biri hisoblangan. Ularga qarshi kurashning turli uslublari ishlab chiqilgan, lekin ularning bari ham yetarli natijani bermaydi.
“Tojikistonning to‘rt viloyatidan uchtasida muntazam ravishda chigirtkalar hujumi kuzatiladi, bu oxirgi o‘n yillik ma'lumotlarida yaqqol ko‘rinadi, - dedi Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Jamila Saidova. – Ayniqsa Xatlon viloyatining janubi zarar ko‘radi, keyinroq So‘g‘d viloyati hamda respublika tobeligidagi tumanlar keladi”.