Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Mitsubishi Gas Chemical zavodida portlash sodir bo‘ldi
Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Kamisu shahrida joylashgan Mitsubishi Gas Chemical kompaniyasiga tegishli “Kasima” zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga asoslangan holda NHK telekanali xabar berdi.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, zavodning shimoliy qismida vodorod pereksidini ishlab chiqarish uchun uskunalar joylashgan bo‘lgan. Kompaniya mutaxassislari atmosferaga zararli moddalar chiqishidan xavotirlanishga asos yo‘qligini ma'lum qildi.
Hodisadan jabrlanganlar haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Zavod yaqinidagi uylarda yashovchilarning guvohlik berishicha, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, oynalar zirillab ketgan. Hodisa joyida o‘t o‘chirish qismlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya portlash sabablarini aniqlashtirmoqda.
“Kasima” zavodi 1977 yilda qurilgan bo‘lib, 350 ming metr maydonda joylashgan. U yiliga 100 ming tonna vodorod pereksidi va 120 ming tonna polikarbonat qatroni ishlab chiqarish salohiyatiga ega dunyodagi eng yirik zavodlardan biri hisoblanadi.