Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotalik piyonista qo‘shnisidan “o‘ch olish” maqsadida uning mashinasini o‘g‘irlab ketdi
Zangiotalik shaxs unga dakki bergan qo‘shnisidan “o‘ch olish” maqsadida uning mashinasini o‘g‘irlab ketib, mastligi bois halokatga uchradi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
1974 yili tug‘ilgan Albert Gilfanov ko‘pdan buyon ish topolmay yurib, axiyri ichkilikka mukkasidan ketdi. Buning natijasida uning oilasida ham muammolar kelib chiqadigan bo‘ldi.
Bir kuni u mast holda uyga qaytayotganida yoshi kattaroq qo‘shnisi Bahodir unga dakki berib, “qachongacha bunaqa ichib yurasan” qabilida gapirdi. Bundan jahli chiqqan Gilfanov Bahodirdan “o‘ch” olishga qaror qildi.
Shu yerning o‘zida Bahodir mashinasini safarga hozirlab, qizdirayotgan edi. Gilfanov darrov mashinaga o‘tirib, uni haydab ketdi. Bahodir yo‘lovchi mashinani to‘xtatib, uning ortidan quva ketgan.
Mast ahvoldagi Gilfanov tez orada boshqaruvni qo‘ldan boy berib, yo‘l chetidagi tut daraxtiga urilgan.
Ayni paytda mashinaga keltirilgan zararni o‘tay olmagan Albert Gilfanov sud oldida javob bermoqda.