18:22 / 04.11.2015
3878

“O‘zbekenergo” Jizzax va Angrenda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘ydi

“O‘zbekenergo” AJ Jizzax va Angrenda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda 28 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi chog‘ida ma'lum qilindi.

Yarmarka doirasida jamiyatning Jizzax va Angren erkin sanoat zonalarida tashkil qilingan yangi ishlab chiqarish korxonalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Angrenda izolyatorlar va armatura ishlab chiqaruvchi “Armatura-izolyator zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi, Jizzaxda esa energiya tejovchi yorug‘lik-diodli lampalar ishlab chiqaruvchi Yorqin shiroqlar MChJ qo‘shma korxonasi tashkil qilingani haqida axborot berildi.

“O‘zbekenergo” mutaxassislari tadbir davomida ishlab chiqarilishi yangi yo‘lga qo‘yilgan mahsulotning ustunlik jihatlari bilan barcha ishtirokchilarni atroflicha tanishtirib chiqishdi.

Top