16:54 / 04.11.2015
3931

Amerikalik oshiq yigit sevgilisiga o‘z tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi

AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Lukas Unger o‘zining sevgilisi Karli Leyfkesning qo‘lini so‘rashning ajoyib yo‘lini o‘ylab topdi. Oshiq qizga tosh o‘rniga o‘zining tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi.

Lukas va Karli Kanadada bo‘lib o‘tgan musiqa festivallarining birida tanishib qolishgandi. U ota-onasidan bolaligida tushgan tishlaridan birini jo‘natishini so‘radi va uni nikoh uzugining toshi o‘rniga o‘rnattirdi.

«Munajjimlar bashoratiga ko‘ra mening toshim — olmos. Ammo u menga muhabbatni isboti sifatida kerak emas. Lukas Kanadadan men uchun kelganidayoq o‘zining hissiyotlarini ko‘rsatib bera olgan», – deya ta'kidladi qiz.

Top