Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sovuq bilan davolanadigan salonda bir qiz sovuq qotishdan olamdan o‘tdi
AQShda sovuqlik muolajalariga mo‘ljallangan salonlardan birining xodimasi kabinalardan birida olamdan o‘tdi.
Voqea Las-Vegasda sodir bo‘ldi. Rejuvenice krioterapiya saloni menejyeri, 24 yoshli, asli Gavayidan bo‘lgan Chelsi Ake ishxonada yolg‘iz qolgan edi. Kuzatuv kameralarida qayd qilinishicha, Chelsi ishxonada qolib, eshiklarni berkitib olgan. Ertasiga ertalab salonning boshqa xodimasi Elis Iverson Chelsining muzlab qolgan tanasini kriosaunalardan birida topib oldi.
“Tanasidagi muz qatlamiga qaraganda, qiz kriokameraga tushganidan bir necha daqiqa o‘tib olamdan o‘tgan, ammo yana 10 soat apparat past haroratda ishlashda davom etgan”, - deb xulosa qildi Chelsining halokati bo‘yicha yetakchi mutaxassis, doktor Deyl Karrison.
Karrison University Medical Center gospitalida qizning tanasini birinchi bo‘lib tekshirdi.
“Bu mening tajribamda kuzatilgan eng dahshatli o‘limlardan biri bo‘ldi”, - tan oldi shifokor.
Chelsi Akening halokatini keltirib chiqargan sabablardan biri sifatida politsiya raportida “Operator xatosi” grafasi kiritildi. Bunda Chelsining o‘zi nazarda tutilmoqda, negaki ishdan tashqari soatlardan kriokameralardan mustaqil ravishda foydalangan Ake belgilangan vaqt, ya'ni uch daqiqadan so‘ng sovutkich apparatlarni o‘chira olmagan.
Versiyalardan biriga ko‘ra, qiz azot ajratmalaridan halok bo‘lgan. Azot kislorodni siqib chiqarib, o‘pkani to‘ldiradi. Vaqtida kislorod oqimi kelmasa, inson shunchaki nafas ololmay ko‘z yumadi.