Sport | 22:51 / 04.11.2015
2277
2 daqiqa o‘qiladi

Benzemaning advokati: Mijozim Valbuenaga tahdid qilingani bo‘yicha ishga aloqador emas

Mate Valbuenaga tama qilishdan gumon qilinib, qamoqqa olingan Karim Benzemaning advokati Silven Korme o‘z mijozi bo‘yicha noto‘g‘ri shubhaga borishayotgani haqida aytib o‘tdi.

"Karim bu ishga zarracha ham aloqador emas. U o‘zi tushib qolgan bu vaziyatdan chiqishni kutmoqda. U tergovchilarning barcha savollariga javob qaytaradi", deydi advokat Le Parisien nashriga.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda jarohatini davolash bilan band bo‘lib turgan, Fransiya terma jamoasi va "Real" jamoasi hujumchisi Karim Benzema bugun Versalda o‘zining terma jamoadoshi Mate Valbuenaga tahdid qilganlikda gumon qilinib, hibsga olingandi.

Huquq-tartibot xodimlari Benzemani Valbuenadan uning intim videolarini oshkor etmaslik uchun pul talab qilganlarga ularning talabini bajarishni maslahat berganlikda gumon qilishgan.

Biroz oldinroq, fransiyalik boshqa futbolchi, Jibril Sisse shu ish bo‘yicha gumondor sifatida qo‘lga olingandi. Sissening aybi yo‘qligi isbotlangach, 13 oktabr kuni ozodlikka chiqarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish