17:05 / 04.11.2015
3563

BMT bosh kotibligiga bir nechta nomzod taklif qilinishi mumkin

BMT bosh kotibligiga o‘tadigan navbatdagi saylovlarda Xavfsizlik Kengashi tomonidan bir nechta nomzod ko‘rsatilishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasidan Xavfsizlik Kengashiga rahbarlikka bitta nomzod ko‘rsatish borasida tavsiya o‘rin olgan. Lekin kengash bunga amal qilmay, bir nechta nomzod ko‘rsatishi mumkin.

Ayni paytda Churkin Rossiya bunday prinsipga qarshi emasligini, ammo bunday sxema realizatsiyasi kengash ishida jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi xavfi borligidan xavotirda ekanligini ma'lum qildi.

Top