Jahon | 15:18 / 04.11.2015
2508
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda “Shapala” sikloni oqibatida halok bo‘lgan yamanliklar haqida ma'lumot berildi

Yamanda seshanba kuni sodir bo‘lgan shiddatli “Shapala” sikloni oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohat oldi. Bu haqda BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar qildi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, tabiiy ofat oqibatida 1.1 mln yamanliklar turli darajada aziyat chekkan. “Birinchi xabarlar jiddiy toshqinlar sodir bo‘lganini ko‘rsatadi. Ular mamlakatning beshinchi eng yirik shahri al-Muqallada ham kuzatilgan”, - ma'lum qilinadi hisobotda. Dastlabki qurbonlar haqida xabarlar Sokotra orolidan olindi.

U yerda 3 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohat oldi. Al-Muqallada esa 25 kishi jarohatlandi. BMT ma'lumotlariga qaraganda, qirg‘oqbo‘yi tumanlarini 40 ming kishi tark etishga majbur bo‘lgan, 400dan ortiq uylar vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rgan.