10:25 / 04.11.2015
2238

Buxarestda tungi klubdagi yong‘indan keyin 10 mingdan ziyodroq kishi hukumat iste'foga ketishini talab qilib namoyishga chiqdi

Buxarestda 31 oktabrda tungi klubda sodir bo‘lgandan yong‘indan keyin 10 mingdan ziyodroq odam hukumatning iste'foga chiqishini talab qilib namoyishga chiqdi. Namoyishchilar mamlakat bosh vaziri Viktor Ponta, IIV rahbari Gabriyel Oprya va klub joylashgan okrug rahbarining o‘z lavozimlarini tark etishlarini talab qilishmoqda, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Buxarestdagi Colectiv tungi klubida portlash va undan keyin chiqqan yong‘in oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi. Qayd etilishicha, yana 130 kishi hanuzgacha shifoxonalarda qolmoqda.

Avvalroq Ruminiyada tungi klubdagi yong‘inda odamlarni qutqarish uchun klubga qaytib kirgan va halok bo‘lgan, mamlakatda taniqli fotosuratchi va bloger 36 yoshli Klaudiu Petre bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tgani ma'lum qilingandi.

Colectiv tungi klubida yong‘in 31 oktabrda feyyerverklar shousi paytida sodir bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar yonayotgan xonada yuz bergan tiqilinch va yagona chiqish eshigi tufayli halok bo‘lishgan.

Top