Jahon | 20:02 / 04.11.2015
2237
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Eronga 100 ming tonna temir yo‘l relslari yetkazib beradi

Hindiston po‘lat quyuvchi kompaniyasi SAIL’ning ma'lum qilishicha, u o‘tgan yili eksportchi sifatida chiquvchi Hindiston davlat savdo kompaniyasi STC bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra, Eron temir yo‘llari uchun 18 metrlik temir yo‘l relslari ishlab chiqaradi.

Hindiston savdo va sanoat vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, STC kompaniyasi Eron bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra, Eronni zarur bo‘lgan po‘lat mahsulot bilan ta'minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Eronda temir yo‘l tarmog‘ini kengaytirish uchun 3 mln tonna rels mahsuloti talab etiladi va STC kompaniya 100 ming tonna rels eksport qiladi.

iran.ru nashrining ma'lum qilishicha, ayni paytda SAIL kompaniyasi Hindiston temir yo‘llari uchun 13 metrdan 26 metrgacha uzunlikda relslar ishlab chiqaradi. Biroq kompaniya Eron uchun kerak bo‘lgan 18 metrlik relslar ishlab chiqarmaydi va Eron buyurtmasini bajarish uchun xorijdan qurilma import qilishga majbur bo‘lmoqda. SAIL rasmiy vakilining ta'kidlashicha, bunday qurilmalar xorijdan, jumladan Avstriya va Germaniyadan sotib olinadi.

Hind matbuotining yozishicha, Eron yaqin 10 yil ichida o‘zining temir yo‘llarini modernizatsiya qilish uchun 25 mlrd dollar sarflamoqchi. Bu 2025 yilgacha mamlakatdagi temir yo‘llar umumiy uzunligini 15 ming kilometrdan 25 minggacha oshirish imonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish