Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 6,3 balli zilzila yuz berdi
Indoneziyaning Alor orolida 6,3 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda Reyter nashri xabar berdi.
Favqulodda holatlar bo‘yicha Indoneziya milliy boshqarmasi tomonidan ma'lum qilinishicha, bu tabiat hodisasi tufayli halok bo‘lganlar yo‘q. Zilzila tufayli aholi turar joylari jiddiy shikastlangan.
"Bir qancha binolar, shu jumladan atrofdagi eng katta cherkov binosi qattiq shikastlangan, telefon kabellari ishdan chiqqan", deyiladi xabarda.
Zilzila markazi Sharqiy Timor poytaxti Dili shahridan 83 km shimoli-g‘arbida (6,8 ball) joylashgan.
Shu kuni Indoneziyada yana bir zilzila ro‘y bergan: Yava orolidagi Jakarta (Indoneziya poytaxti) shahrida qayd etilgan kichik zilzila tufayli talofatlar katta emasligi aytilgan.