20:00 / 04.11.2015
3105

Janubiy Koreya O‘zbekistonda investitsiya hajmini oshirish niyatida

Janubiy Koreyaning savdo, sanoat va energetika vaziri Li Gvan Sop Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro investitsiya forumida qatnashayotgan Janubiy koreyaliklar delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Yonhap agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra delegatsiya tarkibida Hyundai Engineering Co., Korea Gas Corp. va Lotte Chemical Corp kabi kompaniyalar vakillari bor.

Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari 4,5 milliard so‘mlik qiymatga ega tabiiy gazdan olefinlar tayyorlash loyihasini muhokama etish uchun O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashdi.

Top