13:23 / 04.11.2015
13662

Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanayevni dog‘da qoldirib ketdi

Xonanda Jasur Umirovning “Kabutarim” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdan uning sexdoshi Anvar Sanayevning muxlislariga yoqmaydigan sahna o‘rin oldi: Sanayev klip suratga olayotgan chog‘da to‘satdan Umirovni ko‘rib qolgan klipmeyker uning ortidan yugurib ketib qoladi, Anvar Sanayev esa hayron bo‘lib qolaveradi.

Bu sahna muxlislar orasida turlicha gap-so‘zlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shu bois jurnalistlar Jasur Umirovning ma'muri Bahodir Mamatmurodovdan sharh so‘rashdi.

“Hozir ko‘plab san'atkorlar bir-birining klipida suratga tushyapti, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – Demak, san'atkorlar bir-birining ijodiga befarq emas va ijod namunasi yaxshi chiqishi uchun o‘z yordamini ayamaydi. Biz Narimon Sultonxo‘jayev bilan birgalikda Anvar Sanayevga murojaat qilganimizda, u kishi taklifimizni qabul qildi va klipda suratga tushishga rozi bo‘ldi. Buning uchun u insondan minnatdormiz!”.

Top