Jamiyat | 18:50 / 04.11.2015
45383
2 daqiqa o‘qiladi

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uchun yangi maskan ishga tushirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa ishqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fotoreportaj uyushtirdi. Qo‘shimcha ravishda, "Kitob olami" do‘koniga oid 10ta qiziqarli ma'lumotni taqdim etmoqda.  

1. «Kitob olami» - O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni.

2. Mazkur kitob supermarketi 2015 yil 2 noyabr kuni Toshkent shahrida ish boshladi.

3. Savdo majmuasida 21ta bo‘lim mavjud.

4. O‘zbekiston va xorij nashriyotlarining 5 mingdan ortiq nomdagi 60 mingta kitobi savdoga chiqarilgan.

5. Majmuada bolalar uchun alohida zal tashkil etilgan bo‘lib, kitoblarning asosiy qismi o‘zbek tilida. Rang-barang kitoblar, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar ajoyib muhitni yaratgan.

6. Kitob zalida disklar va elektron adabiyotlar uchun alohida stol tashkil qilingan.

7. Bu yerda nafaqat kitob sotib olish, balki xordiq chiqarish, kitoblarni mutolaa qilish, mo‘'jaz, shinam barda shirinlik va ichimliklar iste'mol qilish ham mumkin.

8. Zalda kantselyariya mollari uchun ham joy ajratilgan.


9. Ziyo maskaniga oddiy kitobsevarlardan tashqari, taniqli adiblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san'atkorlar, o‘qituvchi-professorlar ham tashrif buyurmoqda.

10. Do‘kon manzili: Toshkent shahri Mustaqillik ko‘chasi 6-7-uylar. Mo‘ljal: sobiq Konservatoriya, Amir Temur va Hamid Olimjon metro bekatlari oralig‘i.

Suratlar maxsus KUN.UZ uchun BMG Studio tomonidan tayyorlandi.

Suratkash: Murod Sultonov

Tel: +99894 677-60-07