19:53 / 04.11.2015
6199

KUN.UZ dayjesti: 4 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 4 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga gazni bir joydan ikkinchi joyga haydab beruvchi qurilma yetkazib beradi>>

Rossiyaning “Kazanskoye motorostroitelnoye proizvodstvennoye ob'yedineniye” AJ (KMPO) (“Qozon motorsozlik ishlab chiqarish uyushmasi”) O‘zbekistondagi gaz koniga gazni bir joydan ikkinchi joyga haydab beruvchi qurilma yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzdi, deb aytilmoqda KMPO bergan xabarda.

Tbilisida O‘zbekiston-Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari uchrashdi>>

3-4 noyabr kunlari Tbilisi shahrida Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma'lum qiladi.

“O‘zbekenergo” Jizzax va Angrenda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘ydi>>

“O‘zbekenergo” AJ Jizzax va Angrenda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda 28 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi chog‘ida ma'lum qilindi.

Kerri: BMT Samarqandda yaratilgan edi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri BMT Samarqandda Amir Temur davrida yaratilganini aytdi. Bu bayonotni u Ostonada, Nazarboyev Universitet talabalari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston TIVda Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi qabul qilindi>>

2015 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Barbara Logan Heyni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bloomberg TV orqali O‘zbekistonning investitsion salohiyati namoyish etilmoqda>>

1 noyabrdan boshlab O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan rolik Bloomberg TV orqali translyatsiya qilinmoqda. U kuniga 3 marta efirga chiqadi.

O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimi boshqaruvi yaxshilanadi>>

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston viloyatlari hokimiyatlari qoshida suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari negizida 1 yanvarga qadar “Suvoqova” yagona davlat unitar korxonalari hamda ularning shaharlar va tumanlardagi filiallari yaratiladi.

O‘zbekistonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmi ko‘paytiriladi>>

Toshkentda 5-6 noyabr kunlari o‘tadigan xalqaro investitsion forumda muhokama qilinadigan masalalardan biri O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatiga investitsiyalar kiritish bo‘ladi.

O‘zbek astronom olimi Fransiya mukofoti bilan taqdirlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Shuhrat Egamberdiyev Lazur qirg‘og‘i observatoriyasi (Fransiya, Nitstsa) tomonidan ta'sis etilgan La médaille de l’ADIONS medali bilan taqdirlandi. 

Italiya tashqi ishlar vaziri: O‘zbekistonning insoniy va intellektual salohiyati qiziqish uyg‘otadi>>

O‘zbekistonga Italiya TIV delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Mikele Valensize boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Italiya TIV muzokaralarining navbatdagi raundida ishtirok etdi.

O‘zbekistonda qish mavsumi uchun 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hozirlab qo‘yiladi>>

Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qish mavsumiga g‘amlash ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6.6 foizga o‘sdi. Bu haqda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Ravon Matiz 2016 yil boshidan sotuvga chiqariladi>>

Restayling qilingan Ravon Matiz mashinasi 2016 yildan boshlab Rossiya avtobozorlariga chiqariladi.

Farg‘onada ilk marta yurak operatsiyasi o‘tkazildi>>

Farg‘onada ilk marta yurak operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

“UzGazOil” shoxobchalaridagi “tijoriy” avtobenzinning qimmatligiga oydinlik kiritildi>>

Bugungi kunda yurtimizdagi “UzGazOil” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida belgilangan narxdan qimmatroqqa “tijoriy” benzin sotish holatlari uchramoqda. 1 litr AI-80 rusumli avtobenzin narxi 2030 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, shoxobchada 3000 so‘mdan sotilmoqda.

“O‘zbekenergo” Yakkabog‘dagi elektr ta'minoti uzilishlarini tushuntirib berdi>>

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Nazarov OAVga yo‘llagan maktubida tumanda har yili oktabr oyi yarmidan elektr energiyasi berilishida uzilishlar paydo bo‘lishini aytib, buning sabablarini surishtirdi.

Toshkentda benzin taqchilligi kuzatilmoqda, bunga obektiv sabab bormi? (Foto+video)>>

Toshkent shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida yana navbatlar vujudga kelmoqda. Shu sababdan erta tongdan AYoQSh joylashgan ko‘chalarda tirbandliklar kuzatilmoqda.

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)>>

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uchun yangi maskan ishga tushirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa ishqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fotoreportaj uyushtirdi. Qo‘shimcha ravishda, "Kitob olami" do‘koniga oid 10ta qiziqarli ma'lumotni taqdim etmoqda.  

«GM Uzbekistan» ishlab chiqarish quvvatini 20 foizga oshiradi>>

«GM Uzbekistan» AJ 1 yilda ishlab chiqariladigan mashinalari hajmini 250 ming donadan 300 ming donagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu esa 20 foizlik o‘sish demakdir. Bu haqdagi ma'lumot 27 oktabrdan 2 noyabrgacha bo‘lgan kunlarda "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuida o‘tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ko‘rgazma-konferensiyasi vaqtida aytildi.

Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Hindiston Super-ligasida ishlaydi>>

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Hindiston Super-ligasi o‘yinlarini boshqarish uchun taklif oldi.

Top