Jahon | 08:48 / 04.11.2015
2023
1 daqiqa o‘qiladi

Luizianada yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi

AQShning Luiziana shtatidagi Ponchataula shahrida Amtrak korporatsiyasiga tegishli poyezd yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda WDSU6 telekanali.
Hodisa natijasida poyezddagi kishilar va yuk mashinasi haydovchisi jiddiy jarohat olmagan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi boshqarilmaydigan joydan o‘tmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyidan olingan suratlarda poyezd yuk avtomobili tirkamasini bo‘lib tashlagani ko‘rinib turibdi. Temir yo‘ldagi harkat qayta tiklangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish