Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:24 / 04.11.2015
2739
1 daqiqa o‘qiladi
Mishel Obama qum bo‘roni sababli Iordaniyaga safarini bekor qildi
AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Mishel Obama Yaqin Sharqdagi kuchli qum bo‘roni sababli Iordaniyaga safarini bekor qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Qayd etilishicha, uning samolyoti parvozi “noqulay ob-sharoiti sababli” qoldirildi.
Obama qizlar ta'limini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini namoyish etish maqsadida Qatardan Iordaniyaga uchishi lozim edi, deya xabar qilindi.