Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:40 / 04.11.2015
3126
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda portlash yuz berishi tufayli 6 kishi halok bo‘ldi
Misrning Shimoliy Sinay viloyatida joylashgan El-Arish shahridagi politsiya idorasi qarshisida mashinaga o‘rnatilgan bombaning harakatga keltirilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, 4 noyabr kuni ro‘y bergan bu terakt tufayli yana 10 kishi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan.