Texnologiya | 11:29 / 04.11.2015
2268
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche "dizel mojarosi" tufayli AQSh va Kanadada Porsche Cayenne avtomobillarini sotishni to‘xtatadi

Germaniyaning Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi Porsche kompaniyasi AQSh va Kanadada "dizel mojarosi" tufayli Porsche Cayenne rusumli avtomobillari sotilishini to‘xtatadi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"AQSh Atrofni muhofaza qilish agentligi tomonidan ayblov e'lon qilinishi tufayli "Shimoliy Amerika Porshesi" o‘zining 2014-2016 yilllarda ishlab chiqarilgan Porsche Cayenne avtomobillarini sotishni to‘xtatadi. Biz bu muammo bo‘yicha tezroq yakuniy qaror chiqarilishini istaymiz", deyiladi kompaniya xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish