22:18 / 04.11.2015
12439

Putin Forbes talqini bo‘yicha yer yuzidagi eng kuchli ta'sirga ega inson deb topildi

Forbes jurnali 2015 yilda takroran uchinchi bor Rossiya prezidenti Vladimir Putinni jahonda eng kuchli ta'sirga ega inson sifatida talqin etdi. Ro‘yxat 4 noyabr kuni omma e'tiboriga havola etildi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan Germaniya kansleri Angela Merkel, uchinchi o‘rnidan esa AQSh prezidenti Barak Obama joy egallagan. To‘rtinchi o‘rinni Rim papasi Frantsisk band etib turibdi. Beshinchi o‘rin XXR yetakchisi Si Tszinpinga tegishli.

Kuchli o‘ntalikdan Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts, AQSh federal zaxiralar tizimi rahbari Janet Yyellen, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Google asoschilaridan biri Larri Peyjlar o‘rin olgan. Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov ro‘yxatning 67-o‘rnida qayd etildi.

Forbes talqini bo‘yicha yer yuzidagi eng kuchli ta'sirga ega inson sifatida Putinning talqin etilishiga “uning izmida bo‘lgan ishlarni o‘z ixtiyoricha boshqarishi sabab bo‘lgan”. Nashrning ma'lum qilishicha, Rossiyaga qaratilgan sanksiyalar, Ukraina sharqidagi vaziyatlar, rublning qadrsizlanishiga qaramay mamlakat fuqarolari orasida Putinning obro‘yi 89 foizga oshgan.

Top