12:45 / 04.11.2015
5197

Qirg‘izistonda bojxona chegaralarining ochilishi kontrabandaning 5 barobarga ko‘payishiga olib keldi

Bojxona chegaralarining ochilishi Qirg‘izistonda kontrabanda hajmining 5-6 barobarga oshishiga olib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Matbuot anjumani chog‘ida yetkazuvchilar uyushmasi raisi Gulnara Uskenbayeva mahalliy ishlab chiqaruvchilarning asosiy muammolari kontrabanda bilan bog‘liqligini ta'kidlab o‘tdi.

“Har qanday tovarlarni noqonuniy olib kirmoqdalar: qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat va hokazo, - dedi u. – Ilgari biz kontrabandani 2-3 foizga baholagan bo‘lsak, hozir u eng kamida 15 foizni tashkil qilmoqda, ya'ni ilgarigidan 5-6 barobarga ko‘proq”.

Top