Jahon | 18:17 / 04.11.2015
2287
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning 85 foiz hududi yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlanadi

Yaqin vaqtlar ichida Qirg‘izistonning 85 foiz hududi yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlanadi. Bu haqda 4 noyabr kuni Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari oldida chiqish qilgan mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev  ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, yangi hukumatning oldiga byurokratiyani qisqartirish va elektron hujjat almashinuvini joriy etish kabi vazifalar qo‘yilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatdagi uch viloyatda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yangi avlod markazlari ishga tushadi va fuqarolarning biometrik ma'lumotlarini to‘plash ishlari davom ettiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish