Sport | 16:36 / 04.11.2015
4391
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik 8 yoshli bokschi qiz 1 daqiqada 100ta zarba berishga ulgurmoqda

Qozog‘istonning Pavlodar shahrida yashovchi Evnika Sadvakasova o‘zining sportdagi iqtidori bilan internet foydalanuvchilarining e'tiborini jalb qilishda davom etmoqda, deb yozadi «Ekspress K».

Bir yil oldin qizning otasi Ruslan Sadvakasov Youtube videoxosting xizmatiga farzandining o‘ta tezkor harakatlari aks videoni joylashtirgan, video 3,6 mln marotaba tomosha qilingandi. Yangi joylashtirilgan videoda qizaloqning zarba berish tezligi yanada o‘sganini ko‘rish mumkin.

Hozirda 8 yashar qizcha daqiqasiga 100ta zarba berishga ulgurmoqda.

Hozircha Evnika jang o‘tkazgani yo‘q. Uning otasi hozircha bunday yoshdagi qizaloqning jang o‘tkazishidan ma'no yo‘q deb hisoblaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish