11:43 / 04.11.2015
5564

Rossiya Afg‘onistonda IShID ta'sirining o‘sayotganidan tashvishda

Rossiya IShID guruhi jangarilarining Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaralarida to‘planishidan xavotirda. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

“Afg‘onistonda IShID ta'sirining o‘sayotganini kuzatmoqdamiz, ular respublikaning 34 viloyatidan 25tasida o‘rnashib oldi. Ularning ayniqsa Tojikiston va Turkmanistonga chegaradosh shimoliy viloyatlarida ko‘pligidan xavotirdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Top