Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chet el mulkini “paritet bo‘yicha” hibs etish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat va boshqaruv organlariga chet el davlatlariga tegishli mulklarga “o‘zaro tenglik prinsipi” bo‘yicha band solish huquqini beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqdagi ma'lumot huquqiy axborot portalida chop etildi.
Qonun 2016 yilda kuchga kiradi. U Rossiya sudiga xorijiy davlatning va mulklarining yurisdiktsion immunitetini cheklash imkoniyatini beradi. Ammo bu ish chet elda Rossiya mulkiga band solingan taqdirda amalga oshiriladi.
Qonun loyihasini adliya vazirligi ishlab chiqdi. Shu yilning iyulida u hukumat komissiyasi tomonidan ma'qullanib, avgustda Davlat Dumasi muhokamasiga kiritilgan edi. Quyi palata uni 23 oktabr kuni ikkinchi o‘qishda, Federatsiya Kengashi esa 28 oktabr kuni uchinchi o‘qishda qabul qildi.