Jahon | 22:36 / 04.11.2015
7165
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Suriyadan kelayotganlar qamoqqa olinmoqda

Rossiya huquq-tartibot muassasalari xodimlari Suriyadagi jangari guruhlar tarkibida bo‘lib, urush harakatlarida qatnashib kelgani gumon qilinadigan shaxslarni qamoqqa olish harakatlarini boshladi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar qilgan.

Millat ishlari bo‘yicha Rossiya federal agentligi rahbari Igor Barinovning ma'lum qilishicha, Shimoliy Kavkazda, Dog‘iston, Checheniston va Ingushetiya respublikalarida ko‘p miqdorda sobiq jangarilar paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

"Ular indamaygina kirib kelishmoqda. Ularni qo‘lga olish ishlari boshlandi. Muammo shundaki, Suriyadan kim qochqin sifatida, kim boshqa maqsadda kelayotganini aniqlash qiyin", deydi Barinov.

U ommaviy ravishda hibsga olishlar bo‘lmasligini qayd etib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish