11:03 / 04.11.2015
3003

Toshkentda MDHga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

4-5 noyabr kunlari Toshkentda MDH ga a'zo davlatlar temir yo‘l transporti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kengashning Toshkentdagi yig‘ilishi hisob bo‘yicha oltmish uchinchisi hisoblanadi.

Bundan tavval Kengashning 38- va 51- yig‘ilishlari Toshkentda 2004 va 2009 yillarda o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda Kengash a'zolari tashuvlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek o‘tgan yig‘ilish doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu xalqaro organ 1992 yilda Minsk shahrida imzolangan “MDH ga a'zo mamlakatlar temir yo‘l transporti muvofiqlashtiruvchi organi to‘g‘risida”gi kelishuv asosida tashkil etilgan. MDHga a'zo davlatlarning temir yo‘l tashkilotlari rahbarlari Kengash a'zolari sanaladi. Bundan tashqari, yig‘ilishda Bolgariya, Gruziya, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi davlatlari vakillari ham ishtirok etadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirda ushbu davlatlarda 200dan ortiq ekspertlarning ishtiroki rejalashtirilgan.

Kengashning asosiy vazifasi temir yo‘l orqali tashuvlarda davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, umumiy tamoyillarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Top