Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya harbiylari Iroq bilan chegarada 15 nafar kurd jangarisini yo‘q qildi
Turkiya harbiylari Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) 15 jangarisini mamlakatning janubi-sharqida, Iroq bilan chegara yaqinidagi to‘qnashuvlar davomida yo‘q qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. Shuningdek, 2 nafar turk harbiysi ham haloq bo‘lgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yerdagi operatsiya 3 noyabrda Anqara Xakkariy viloyatidagi Dog‘liq tumanida KIP jangarilari pozitsiyalariga aviazarbalar bergandan keyin amalga oshirilgan.
Kurdlarning asosiy siyosiy harakati – KIP va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 20 iyulda Suruch shahrida terakt sodir bo‘lgandan keyin keskinlashib ketdi.
AQSh KIPni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi, biroq Suriyadagi kurd isyonchilari Vashingtonning IShIDga qarshi kurashdagi muhim ittifoqchisi hisoblanadi. Turk aerodromlari AQSh tomonidan IShID pozitsiyalarini bombardimon qilish uchun ishlatiladi. Bu orada Anqara asosan Iroq shimolidagi KIP pozitsiyalariga zarbalar berib keladi.