Jahon | 10:08 / 04.11.2015
2298
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Tayvan prezidenti bilan tarixiy uchrashuvdan keyin mintaqada barqarorlik oshishini kutmoqda

Xitoy Kompartiya markaziy qo‘mitasining Tayvan bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Chjan Chjitszyun Xitoy va Tayvan yetakchilarining uchrashishi haqidagi axborotga izoh berib o‘tdi, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.

Chjitszyunning aytishicha, uchrashuv Tayvan bo‘g‘ozining ikki tomonidagi davlatlar o‘rtasidagi ishonchning oshishiga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, siyosatdagi umumiy vaziyatlar bo‘yicha fikrlar jamlanadi.

Chjitszyunning ta'kidlashicha, uchrashuv mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi muhim bosqich bo‘ladi.

Avvalroq Pekin va Tayvan rahbarlari 7 noyabrda 1949 yildan beri birinchi marta uchrashishlari ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish