Sport | 10:07 / 05.11.2015
3135
1 daqiqa o‘qiladi

Anxel Di Mariya: "Real" meni xarajatlarini qoplash maqsadida transfer qilib yuborgandi

PSJ jamoasining argentinalik futbolchisi Anxel Di Mariya “Real”dan ketish sababini ma'lum qildi.

"Men ko‘proq mablag‘ ishlash uchun “Real”dan ketmadim. Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Madridni tark etish xayolimga ham kelgani yo‘q. Jamoa bilan yangi shartnoma imzolamoqchi edim, lekin ular buni istashmadi.

Men Madridni "qora yo‘l" bilan tark etdim. Mening transferim uchun taklif qilingan 75 million yevro miqdoridagi mablag‘ “Real”ning ba'zi xarajatlarini qoplash uchun ayni muddao edi.

Men "Real" bilan munosabatlarimiz bunday yakunlanishini istamagandim", — deya ta'kidladi Di Mariya.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish