Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:20 / 05.11.2015
4513
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Davlat departamenti Rossiyani Suriyaning Xama va Xoms viloyatlarida artilleriya joylashtirganlikda aybladi
AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland AQSh kongressidagi nutqi paytida Rossiya Suriyada, xususan Xama va Xoms viloyatlarida artilleriya qurolini joylashtirganini aytdi.
“Rossiya artilleriya joylashtirishga qaror qildi, bu esa Xama va Xoms viloyatlaridagi vaziyatning yomonlashishiga olib keladi”, deb aytdi Nuland, biroq isbot tariqasida hech qanday dalil keltirmadi.