Jahon | 00:47 / 05.11.2015
3833
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalarga sarflaydigan bir kunlik xarajatini 2-4 mln dollarga baholadi

AQSh Davlat departamentida AQShning Yaqin Sharqdagi aviazarbalarga sarflanadigan bir kunlik xarajati 8 mln dollarni tashkil qilishi, Rossiya esa Suriyada shu maqsadlarda har kuni 2-4 mln dollar ishlatishi aytildi.

“Gap Rossiyaning kuniga 2-4 mln dollar, balki undan ko‘proq sarflashi haqida bormoqda”, deb aytdi AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland Rossiyaning Suriyadagi xarajatlari haqida.

Bu orada AQSh Davlat kotibining Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha maslahatchisi Enn Patterson AQSh aviazarbalarga kuniga “8 mln dollardan sarflashini” aytdi.

Patterson “Summa ko‘proq bo‘lsa, unda nima uchun AQSh Suriyaga Rossiyadan kamroq aviazarba bermoqda?” degan savolga “Bu summaga Iroqdagi aviazarbalar ham kiradi” deb aytdi.

“Va biz ruslar emasmiz, bizda boshqa standartlar”, deb shu savolga qo‘shimcha qilib o‘tdi Patterson.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish