Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Ukrainaga 300 million miqdorida harbiy yordam berishni tasdiqladi
5 noyabr payshanba kuni AQSh Kongressi 2016 yilda Ukrainaga harbiy yordam uchun 300 million dollar ajratishni ta'minlash uchun mamlakat mudofaa byudjyetining yangilangan versiyasini qabul qildi.
Senatda qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan hujjatni 370 nafar qonun vakili yoqladi, 58 nafari esa qarshi chiqdi. Qonun loyihasining bundan oldingi talqini prezident Barak Obama tomonidan rad etilgan edi.
Natijada AQShning 2016 yilda rejalashtirilgan harbiy xarajatlari miqdori 5 mlrd AQSh dollaridan 607 mlrd AQSh dollariga qadar qisqartildi. Qisqartirilishga bir qancha mudofaa loyihalari kirdi, ammo Ukrainaga ajratiladigan harbiy yordam saqlab qolindi.
Qonun loiyhasining qayta ko‘rib chiqilishida Amerikaning “Atlas-5” raketasi ishlatilishida zarur bo‘lgan Rossiyaning “Energomash” kompaniyasida ishlab chiqilgan RD-180 dvigatellarini sotib olish ham saqlanib qoldi.