Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi IShID guruhini Asad vaqtida yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda
Suriyada hokimiyat tepasida prezident Bashar Asad bor ekan, mamlakat hududidagi IShID terrorchilik guruhini yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda AQSh. Bu haqda AQSh Kongressi quyi palatasining tashqi ishlar qo‘mitasida AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq masalasida yordamchisi Enn Patterson aytib o‘tgan.
Yig‘ilishda Pattersonning savollarga bergan javoblaridan shu narsa ayon bo‘ldiki, ayni damda AQSh uchun IShID va “Asad” so‘zlari ikki xil ma'no anglatmaydi. Ular mamlakat uchun bir xil ahamiyatga molik tushunchalardir. Vashingtonning hisoblashicha, Asad rejimi barqaror bo‘lib turgan bir paytda mamlakatdagi IShIDni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Suriya muxolifati bilan esa qaysidir ma'noda bu ishni balki uddalash “mumkin bo‘lar”.
Patterson, shuningdek, AQSh Rossiya va Eron Damashqni qo‘llab-quvvatlashlariga qarshi o‘laroq ularga qarshi bosim o‘tkazishga harakat qilayotganini ham alohida ta'kidladi. Shu bois vaziyatdan kelib chiqilsa, Suriyadagi amaldagi tuzum mamlakatdagi ekstremistlarning o‘zlariga yangi hamkor topishlariga yordam beradi, deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.